Husiylar chet ellik harbiy mutaxassislar, raketalarni yasashda foydalanilgan harbiy texnika va materiallarni olib ketayotgan kema bilan aloqani uzgan. Bu haqda Saudiyaning Al-Arabiya telekanali Yaman razvedka xizmatlariga tayanib xabar berdi.
Kema Afrika shoxidan Yamanning Qizil dengiz sohilidagi Xodeyda portiga mintaqaviy yuk tashish yo‘li bo‘ylab kontrabanda olib borayotgan edi. Hutiylar kemani qidirmoqda va uning AQSh va xalqaro koalisiya kuchlari tomonidan to‘xtatilishidan qo‘rqib, «signal chalishmoqda». Ular qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun ko‘plab baliq ovlash kemalarini dengizga jo‘natgan.
Eron hutiylarning asosiy homiysi va qurol yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kemada eronlik zobitlar bo‘lgan.