«Barselona» hujumchisi Lamin Yamalning kataloniyaliklar asosiy jamoasi safida urgan ilk goliga roppa-rosa uch yil to‘ldi.
2023 yilning 8 oktyabr kuni Yamal Ispaniya chempionati doirasida «Granada»ga qarshi uchrashuvda o‘zining debyut golini kiritgan edi. Mazkur bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
O‘sha uchrashuvda atigi 16 yoshda bo‘lgan Yamal asosiy tarkibda maydonga tushib, 76 daqiqa harakat qilgan. U 45-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, tarixiy natija qayd etgan.
Aynan shu gol orqali Yamal «Barselona» tarixida La Liga doirasida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangan.
Shundan buyon ispaniyalik vingerning faoliyatida katta o‘zgarishlar yuz berdi. U «Barselona»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib, jahon futbolida ham o‘z o‘rnini mustahkamladi.
Ilk golini urganidan keyingi uch yil davomida Yamal barcha musobaqalar doirasida 159 ta uchrashuvda ishtirok etib, 56 ta gol urdi va 57 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda 19 yoshli futbolchi Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.
Uning transfer qiymati 220 million yevroga baholanmoqda.