"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal "PSJ" forvardi Usmon Dembele 2025 yil yakunlariga ko‘ra "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganda nimalarni his qilgani haqidagi savolga javob berdi.
"To‘g‘risini aytsam, yashirib nima qildim, "Oltin to‘p"ni men qo‘lga kiritaman deb o‘ylagandim. Ammo ortga nazar tashlab, Dembelening g‘olib bo‘lgani men uchun juda foydali bo‘ldi deb hisoblayman. Bu menga shaxs sifatida o‘sishga yordam berganidan tashqari, o‘shanda ushbu sovrinni yutishning ayni vaqti emas edi deb o‘ylayman. Chunki men hali bola edim va "Oltin to‘p"ni yutish aslida nimani anglatishini to‘liq baholay olmagan bo‘lardim.
Usmon Dembele bilan munosabatlarimiz ajoyib. Men u bilan vaqt o‘tkazganman, ko‘p gaplashganman, hatto yaqindagina u sog‘lig‘imni so‘rab, ishlarim qanday ketayotgani bilan qiziqdi. O‘shandan beri [ "Oltin to‘p"ni topshirish marosimidan keyin] men ulg‘aydim, hayotimda ko‘p narsani o‘zgartirdim. Dembele "Oltin to‘p"ni yutganidan juda xursandman. Biz Dubaydagi marosimda ham birga edik va munosabatlarimiz go‘zal ekani ko‘rinib turardi. Biz hali ham muloqot qilib turamiz", — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Managing Barca nashri.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi "Oltin to‘p" uchun ovoz berish natijalariga ko‘ra, Yamal ikkinchi o‘rinni egallagan, Usmon Dembele esa g‘alaba qozongan edi.