Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Yamal: "Neymar bilan suratga tushish uchun agar menga poyezdda Rossiyaga borishing kerak, deyishganida, men poyezdda Rossiyaga borardim"

Yamal: "Neymar bilan suratga tushish uchun agar menga poyezdda Rossiyaga borishing kerak, deyishganida, men poyezdda Rossiyaga borardim"

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘ziga o‘xshashni istagan bolalarning hissiyotlarini juda yaxshi tushunishini aytib o‘tdi.

"Men ularni hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunaman. Qachonki kichkina bolani ko‘rsam, bilamanki, u o‘z xayolida o‘z kumirini ko‘rmoqda. U sizning o‘sha kuni kayfiyatingiz yo‘qligini yoki hozir to‘xtashingiz kerakligini tushunmaydi.

Bolaligimda mening kumirim Neymar edi va men u bilan suratga tushish uchun jonimni berishga tayyor edim. Neymar bilan suratga tushish uchun har qanday ishni qilardim. Agar menga poyezdda Rossiyaga borishing kerak, deyishganida, men poyezdda Rossiyaga borardim.

Men ularni tushunaman, chunki ular faqat o‘z kumirlari haqida o‘ylashadi va ularga o‘xshashga intilishadi", — dedi Yamal Ispaniya qirollik futbol federasiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 23:41 31.05.2026. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!