Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Yamal: «2026 yilda hammasini yutmoqchiman»

Yamal: «2026 yilda hammasini yutmoqchiman»

"Barselona" vingeri Lamin Yamal jamoaviy va individual muvaffaqiyatdan birini tanlay olmadi. 18 yoshli futbolchi "Oltin to‘p" sohibiga aylanishi, shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" bilan La Liga va Chempionlar Ligasida, Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqishi mumkinligini aytdi.

"Men 2026 yilda barchasini birdaniga yutib olishni xohlayman va buning iloji borligini bilaman," - dedi Kataloniya grandining yosh yulduzi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Lamin Yamal "Oltin to‘p" so‘rovnomasida "PSJ" vakili Usmon Dembeledan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Xans-Diter Flik jamoasi La Ligada zafar quchgan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida yarim finalgacha yetib bordi.

Kiritildi: 09:06 21.11.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!