Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yahudiy mutaassiblari Al-Aqsoda yana provokasiya uyushtirishdi

A A A
Yahudiy mutaassiblari Al-Aqsoda yana provokasiya uyushtirishdi

O‘nlab aqidaparast yahudiylar Isroil polisiyasi xodimlari hamrohligida yana islomiy ziyoratgoh – bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirishdi.

WAFA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, isroilliklar ziyoratgoh hududida diniy marosimlarni o‘tkazgan.

1994 yil 26-oktabrda Isroil va Iordaniya o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Al-Aqso masjidi Iordaniyaning Vaqf, Islom va Muqaddas joylar vazirligi tarkibiga kiruvchi Quddus islomiy jamg‘armalari homiyligidadir.

Biroq 2003 yildan beri yahudiy aqidaparastlari bo‘lim ruxsatisiz, Isroil rasmiylarining bir tomonlama qarori bilan polisiya hamrohligida ziyoratgohga bostirib kirishdi.

Quddus islomiy vaqflar boshqarmasi bunday harakatlarni «bosqinchilik» va musulmonlar huquqlarini poymol qilish deb ataydi.

Kiritildi: 17:44 24.08.2023. O'qildi: 1869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!