Yahoo Inc. agar sud kompaniyani sotishga qaror qilsa, Google Chrome veb-brauzerini sotib olish uchun ariza berishga tayyor, deb xabar beradi Investing.
Yahoo Search bosh direktori Brayan Provost Vashington sudida Chrome brauzeri o‘nlab milliard dollarga teng bo‘lishi mumkinligini va bu Internetdagi eng muhim strategik o‘yinchi ekanligini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yahoo xususiy sarmoya kompaniyasi Apollo Global Management tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, agar imkoniyat tug‘ilsa, aktivni sotib olishga tayyor.
Ko‘rsatma Adliya vazirligining Googlega nisbatan monopoliyaga qarshi ishi bo‘yicha sud majlisida berilgan.
Adliya vazirligi va AQShning bir qancha shtatlari Google internet qidiruv bozoridagi hukmronligini cheklash uchun Chromeni sotishga majbur bo‘lishi kerak, deb ta’kidlamoqda.
Bloomberg xabar berishicha, OpenAI ham Chromeni sotib olishga qiziqish bildirgan.