Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu Islom Respublikasi bilan G‘arb davlatlari o‘rtasidagi Isroil bilan bo‘lgan 12 kunlik urush va Eron yadroviy ob’ektlarining Isroil va AQSh harbiylari tomonidan bombardimon qilinishi ortidan bo‘lib o‘tgan ilk muzokaralardir.
Evrotroyka davlatlari muzokaralarda Eronga yaqinlashib kelayotgan muddatni kechiktirishni taklif qilishni rejalashtirgan — agar Eron bir qator shartlarga rozi bo‘lsa, jumladan Vashington bilan muzokaralarni qayta boshlash va MAGATE inspektorlari bilan hamkorlik qilish.
Eron Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Kazim G‘aribobodӣ muzokaralarni mazmunli deb atadi va maslahatlashuvlar davom etishini tasdiqladi.