Tramp yadro quroliga ega davlatlar rahbarlari bilan yaxshi munosabatlarni saqlash muhimligini ta’kidladi.
AQSh prezidenti bu haqda Ogayo shtatidagi saylovoldi mitingida aytib o‘tdi.
"Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yaxshi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash muhim, chunki ushbu mamlakat yadro quroliga ega. Men Kim Chen In bilan juda yaxshi chiqishaman. Ulkan mamlakatlar, yadroviy davlatlar rahbarlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish yaxshi emasmi?", — dedi u.
Tramp, shuningdek, “112 ta yadro raketasi”ga ega inson bilan normal munosabatda bo‘lish yaxshi ekanligini aytdi. Avgust oyida AQSh prezidenti Shimoliy Koreyada 57 ta yadro quroli mavjudligini aytgan edi.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Xitoy raisi Si Jinpin bilan yaxshi munosabatda bo‘lish muhimligini ham qayd etdi.