Vashingtonda o‘tgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining bahorgi yig‘ilishlari geosiyosiy to‘qnashuvlar iqtisodiy zararni kamaytirish imkoniyatlarini cheklab qo‘yganini ko‘rsatdi. Moliyaviy yetakchilar energiya va transport shoklari tufayli global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,5 foizgacha tushirishdi. Tashkilotlar rivojlanayotgan davlatlarga 150 milliard dollar yordam va’da qilgan bo‘lsa-da, amalda vaziyat Tehron va Vashington o‘rtasidagi kelishuvlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dunyo iqtisodiyoti uchun taqdiriy qarorlar endi XVJ minbarlarida emas, balki AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda qabul qilinyapti. Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kemalar qatnovi tiklanmas ekan, iqtisodiy barqarorlikka erishish qiyinligi aytilmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasining ogohlantirishicha, davomli urush harakatlari global iqtisodiyotni pasayishga olib kelishi mumkin.