Eron oliy rahbari oyatulloh Mujtabo Homanaiy mamlakat harbiy-dengiz kuchlari AQSh va Isroilga qarshi yangi zarbalar berishga tayyorligini bildirdi.
Uning bayonoti rasmiy Telegram kanali orqali e’lon qilingan.
«Qanday qilib chaqmoqdek tezkor dronlar amerikaliklar va sionistlarga zarba berayotgan bo‘lsa, shunday qilib jasur harbiy-dengiz kuchlarimiz ham dushmanga yana yangi mag‘lubiyat ta’mini tottiradi», – deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eron hududidagi ob’ektlarga zarbalar berishni boshlagan edi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar oqibatida minglab insonlar halok bo‘lgan.
8 aprel kuni Vashington va Tehron o‘rtasida ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Biroq bu sulh uzoqqa cho‘zilmadi — Islomobodda o‘tkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlandi.
Hozirgi paytda to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy harakatlar qayta boshlangani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Shunga qaramay, AQSh Eron portlariga nisbatan blokada joriy etgan.
Shu bilan birga, xalqaro vositachilar yangi muzokaralar raundini tashkil etishga harakat qilmoqda.