Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Livanda fransiyalik askar halok bo‘ldi

Livanda fransiyalik askar halok bo‘ldi

Emmanuel Makron Livan janubidagi xalqaro kuchlar tarkibida bo‘lgan fransiyalik harbiy xizmatchi o‘ldirilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mavjud dalillar hujumga Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi "Hizbulloh" guruhi aloqadorligini ko‘rsatyapti.

​Prezidentning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, yana uch nafar askar jarohatlangan va evakuasiya qilingan. Makron Livan hukumatini aybdorlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Halok bo‘lgan va yaralangan harbiylar BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar missiyasi tarkibida xizmat qilayotgan edi.

Kiritildi: 22:17 18.04.2026. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!