Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

XVJ Ukrainaga 690 million dollarlik yangi yordam transhini ajratishni ma’qulladi

XVJ Ukrainaga 690 million dollarlik yangi yordam transhini ajratishni ma’qulladi

Bu haqda tashkilot matbuot xizmati rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Mablag‘larni o‘tkazish XVJ Ijroiya kengashi Kiyevning umumiy hajmi 8,1 milliard dollarni tashkil etuvchi 4 yillik kengaytirilgan moliyalashtirish dasturining bajarilishini birinchi ko‘rib chiqishni yakunlaganidan keyin mumkin bo‘ldi. Tomonlar ushbu transh bo‘yicha dastlabki kelishuvni joriy yilning 12 iyunida kelishib olgan edi. Shunga ko‘ra, Ukrainaga navbatdagi 690 million dollar miqdoridagi transh o‘tkazib beriladi.

Tasdiqlangan qaror deklarasiya qilingan summani zudlik bilan bankka o‘tkazish imkonini beradi. Yangi to‘lovni hisobga olgan holda, amaldagi kredit dasturi doirasida XVJ tomonidan Ukrainaga taqdim etilgan moliyaviy yordamning umumiy hajmi taxminan 2,2 milliard dollargacha

​Dasturning umumiy hajmi 8 milliard dollardan oshadi.

Kiritildi: 14:00 21.07.2026. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!