Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Xususiy tibbiyot klinikalarida nechta yo‘nalishda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda?

A A A
Xususiy tibbiyot klinikalarida nechta yo‘nalishda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda?

Yurtimiz sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor ulushi yildan yilga ortib bormoqda.

🔬Bu bir tomondan aholiga tibbiy xizmatdan foydalanishda keng tanlov imkoniyatini taqdim etsa, boshqa tomondan xizmatlar sifatini ham yaxshilaydi. Eng asosiysi, bu – davlat tibbiyot muassasalariga tushadigan yuklamaning sezilarli darajada kamayishiga xizmat qiladi.

Aytish lozimki, sohada yaratib berilgan shart-sharoitlar tufayli bugungi kunda mamlakatimizdagi xususiy tibbiyot muassasalarida 130 ta tibbiy ixtisoslikning 18 ta yo‘nalishida yuqori texnologiyali va murakkab jarrohlik operasiyalari bajarilmoqda.

🛏 Xususiy sektorga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan travmotologiya va ortopediya, akusherlik va ginekologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya va kardiologiya kabi ixtisosliklar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi.

📝 Shuningdek, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni nodavlat tibbiyot muassasalarida davolanish xarajatlari Davlat sug‘urta jamg‘armasi tomonidan qoplab berilmoqda.

🚑 Qolaversa, 36 ta muassasa 91 ta avtotransport vositalari bilan o‘z tez tibbiy yordam xizmatiga ega.

👨‍⚕️Ta’kidlash kerak, ayni paytda tibbiyotning mazkur sektorida 16 ming 365 nafardan ziyod shifokor, qariyb 25 ming 500 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yaqin kelajakda mazkur yo‘nalishda:

✅ yangi nodavlat tibbiyot muassasalarini tashkil etishda xalqaro standartlarni joriy etish;

✅ xususiy sektorda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, “xavfsiz tibbiyot” prinsipini amaliyotga tatbiq qilish;

✅ tibbiy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini ishonchli himoya qilish;

✅ sohada sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 14:33 10.07.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!