Yamanning "Ansar Alloh" (Hutiylar) harakati Saudiya Arabistoniga tegishli ikkita neft tankerini yo‘q qilganini da’vo qildi.
Bu haqda husiylar bayonot berishdi.
"Yaman qurolli kuchlari Qizil dengizda blokadani buzgan Saudiya Arabistoniga tegishli ikkita neft tankerini urib tushirgan operasiya o‘tkazdi. Tankerlardan biri ENCELIA, ikkinchisi esa LAYLA deb nomlangan", deyiladi bayonotda.
Harakat hujumda dronlar, ballistik raketalar va kruiz raketalaridan foydalangani aytilmoqda. Husiylar shuningdek, taxminan 10 ta kemani o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur qilganini da’vo qilishdi.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya dengiz flotining Dengiz savdo operasiyalari markazi (UKMTO) tanker Saudiya Arabistonining Al-Shuqaiq shahridan 70 dengiz mil janubi-g‘arbida noma’lum snaryad bilan hujumga uchraganini xabar qildi.
"Tanker kapitani noma’lum snaryad kemaga urilganini xabar qildi. Natijada bortda yong‘in chiqdi va ekipaj hozirda uni o‘chirish ustida ishlamoqda", deyiladi departament bayonotida.