Ijtimoiy tarmoqlarda “Xurmo Travel” sayyohlik firmasi orqali «Umra» safariga borgan ziyoratchilar aziyat chekayotgani bildirilgan xabarlarga Turizm qo‘mitasi ma’lum qiladi.
“XURMO TRAVEL UMRA” MCHJ turistik faoliyatini yuritish uchun «kirish», «chiqish» va «ichki» turizm bilan shug‘ullanish uchun 2022 yil 9 dekabr kuni L-4180359-sonli lisenziya Farg‘ona viloyatining Turizm boshqarmasi tomonidan berilgan bo‘lib, “XURMO TRAVEL UMRA” MCHJ tomonidan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga doir lisenziyaga ega bo‘lmay turib mazkur faoliyat bilan shug‘ullangan.
Shu sababli,“XURMO TRAVEL UMRA” MCHJning amaldagi L-4180359-sonli lisenziyasi o‘n kun muddatga to‘xtatilganini ma’lum qilamiz.
Turizm qo‘mitasi nazorat qiluvchi organlarga «Umra» tadbirlarini noqonuniy tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risida ma’lumotlarni yubormoqda.