Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Xududlarda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Xududlarda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.X. elektron auksion savdolari natijasi bo‘yicha o‘zining nomiga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ijara shartnomasi asosida ajratilgan Urganch tumani, “Qo‘ng‘irot” mahallasi hududidagi 10 sotix yer maydonini fuqaro H.S.ning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 30 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xonobod shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.X. fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, fuqaro S.T.ga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratilgan 20 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonida bino-inshootlar qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarini tayyorlab, uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. “Oq oltin” MFY hududidagi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 13 sotix bo‘sh yer maydonini fuqaro M.Jga sotishga kelishib, 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:29 22.05.2025. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!