Italiya poytaxti qadimiy Rimda qiziq hodisa sodir bo‘ldi.
“Publika.uz” saytining xabar berishicha, 25 yoshli rimlik erkak xotiniga bardoshi yetmaganidan polisiyaga murojaat qilib, hibsga olishlarini iltimos qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yigit qonunbuzarlik qilgani uchun 6 oyga uy qamog‘iga hukm qilingan ekan. 6 oy istsa ham, istamasa ham, o‘zining tili bilan aytganda “ajal” xotiniga toqat qilolmayotgan yigit polisiyaga borib o‘z xohishiga ko‘ra hibsga olishlarini so‘ragan. Chunonchi u 6 oylik uy qamog‘ini qamoqxona hayoti bilan almashtirmoqchi.
Eng qizig‘i esa keyin sodir bo‘lgan. Polisiya unga iltimosini qondirish mumkin emasligini aytgach, u uy qamog‘i qonunini buzgan va uyidan qochib ketgani uchun uni qamoqqa olishgan.