Xorvatiyada Bosniya va Gersegovinadan kelgan yengil avtomobil va avtobus ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, 31 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Slobodna Dalmacija nashri xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, A3 avtomagistralining janubiy va shimoliy tomonlarining 82- va 83-kilometrlari oralig‘ida avtomobil yo‘l chetiga yugurib chiqqan bug‘uga borib urilgan. Shundan so‘ng, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtobus yengil avtomobil bilan to‘qnashib, to‘siqni buzib o‘tgan va ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, 29 nafar jabrlanuvchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Shu bilan birga, ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor.
Hozirda mahalliy prokuratura tomonidan hodisaning barcha holatlarini aniqlash maqsadida voqea joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.