Xorijiy hamkorlar Ukrainadan Rossiya neft ob’ektlariga zarbalarni cheklashni so‘ramoqda – Kirill Budanov.
Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Budanovning Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ayrim ismi oshkor etilmagan davlatlardan Rossiya neft sanoatiga zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha "muayyan signallar" olinayotganini ma’lum qildi.
Kirill Budanov Kiyev ushbu so‘rovlarni bajarishga va o‘z zarbalar strategiyasiga tuzatish kiritishga tayyormi yoki yo‘qmi, bunga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, u Eron atrofidagi keskinlik tez orada yakunlanishiga va neft narxlari pasayishni boshlashiga umid bildirdi.