Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha yangi tartib 20 iyuldan kuchga kiradi

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha yangi tartib 20 iyuldan kuchga kiradi

Joriy yil 1 maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari belgilangan edi.

Jumladan:

  • havo transportida — 1000 AQSh dollari;
  • temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollari;
  • avtomobil va piyoda o‘tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollarigacha qiymatdagi tovarlarni shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirish mumkin.

2025 yil 20 iyuldan esa xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi.

Unga ko‘ra:

  • temir yo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarida tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda ikki kalendar kundan;
  • havo transportida uch kalendar kundan kam muddat bo‘lganda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi.
Kiritildi: 18:32 15.07.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!