AQSh Davlat kotibi Marko Rubio mamlakat vise-prezidenti Jey Di Vensni 2028 yilgi prezident saylovida respublikachilardan “ajoyib nomzod” deb atadi.
“Menimcha, Jey Di Vens ajoyib nomzod bo‘lardi”, - dedi Rubio “Fox News” telekanalida AQSh prezidentining kelini Lara Trampga.
May oyida AQSh prezidenti Donald Tramp “NBC” telekanaliga bergan intervyusida vise-prezident Jey Di Vens nomzodi keyingi davlat rahbari lavozimiga ko‘rsatilishi mumkinligini taklif qilib, uni “ajoyib yigit” deb atagan edi.
O‘shanda Oq uyning hozirgi egasi kelgusi saylovoldi jarayonlariga aralashishni istamasligini tan olgandi.
Jey Di Vens 40 yoshda. U 2025 yil 20 yanvardan buyon AQShning 50-vise-prezidenti lavozimini egallab kelmoqda.