Prezident tomonidan Jinoyat-prosessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Buning doirasida xorijdagi o‘zbekistonliklarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi. Bu haqida Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to‘ldirilmoqda.
Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining prosessual maqomi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.