Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorijda mahkum etilgan shaxslarni O‘zbekistonga qabul qilish choralari takomillashtiriladi

Xorijda mahkum etilgan shaxslarni O‘zbekistonga qabul qilish choralari takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda Senat va Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda.

Yalpi majlisning ikkinchi ish kunini senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi bilan boshladi.

Xorijda mahkum etilgan shaxslarni O‘zbekistonga qabul qilish choralari takomillashtiriladi

Qonunda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ular jazo o‘tashini davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish asoslari, shartlari hamda rad etish to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish nazarda tutilgan.

Qonun xorijiy davlatlar sudlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish tartibi, shaxslarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa masalalarga doir qoidalarni qamrab olgan.

Qonunda mahkumlarni jazoni o‘tashni davom ettirish yoxud ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasiga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi ham aniq belgilanmoqda.

Mazkur qoidalar belgilanishi milliy qonunchilikda mahkumlarni topshirish tartibining normativ-huquqiy asosini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini yanada to‘liq darajada ijro etishiga imkoniyat beradi.

Senatorlar ma’qullagan qonun mahkumni unga belgilangan jazoni o‘z davlatida o‘tashi orqali uni ijtimoiy reabilitasiya qilishni jadallashtirishga, shuningdek, xorijdagi fuqarolarning huquqiy himoya qilinishiga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!