Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmning sobiq hokimi Islom Karimov kam ovoz olgani uchun ishdan ketganmi?

Xorazmning sobiq hokimi Islom Karimov kam ovoz olgani uchun ishdan ketganmi?

Xorazm viloyatining sobiq hokimi Rimajon Xudoyberganova kun.uz nashriga intervyu berdi. U suhbat davomida viloyatdagi rahbarlik davri va ishdan olinishi haqida gapirdi. 

Xudoyberganovaning tahmin qilishicha uning ishdan olinishiga o‘sha paytdagi saylov natijasi sabab bo‘lgan. Uning aytishicha o‘shanda Islom Karimov viloyatda 36,7 foiz, Muhammad Solih esa 57 foiz ovoz olgan. 

“Islom Abdug‘aniyevichga: «Meni ishdan olavering, o‘rningizda bo‘lganimda, o‘zim ham shunday qilardim», deganman.

Buni raqobatchilarim uyushtirgan degan shubham ham bor. Bundan tashqari, ba’zi rahbarlar «biz erkakmiz, ayol kishi boshliq bo‘lsa, boshimizni qanday ko‘tarib yuramiz», deb arz qilishgani haqida ham eshitganman” – deydi sobiq hokim. 

Shuningdek, Xudoyberganova uning ustidan tuhmat qilib, mashinasi va uylari tekshirilgani, hatto qarindoshlarining ham mol-mulki sanab chiqilganda ham ayb topa olishmaganini ta’kidladi. Viloyat hokimi rahbarligidan olingach Rimajon ipakchilik va pillachilik sohasidagi rahbarlik lavozimlarida 15 yil ishlagan va 2007 yildan buyon nafaqada. 

Ma’lumot o‘rnida, Xudoyberganova Rimajon Matnazarovna 1942 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. U 1988-1991 yillar davomida Xorazm viloyatini boshqargan.

Kiritildi: 15:18 24.02.2020. O'qildi: 6236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!