Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmlik ayol o‘z uyida joniga qasd qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xorazmlik ayol o‘z uyida joniga qasd qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqning "YouTube" kanali orqali " Hazoraspda o‘z joniga qasd qilgan ayol" nomli tanqidiy video o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 26 oktyabr kuni soat 11.30 larda Hazorasp tumani, Karvak qishlog‘i, “Yuqori Shovot” mahallasi, Madadkor ko‘chasi, 184-uyda yashagan Qurbanboyeva Xosiyat Shavkat qizi o‘z uyining eshigi ustiga qo‘yilgan tayanch yog‘ochga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Hazorasp tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tayinlangan Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy Markazi Xorazm filiali Hazorasp tuman bo‘linmasining 03.11.2021 yildagi 53-sonli sud - tibbiy ekspertiza xulosasida, X.Qurbanboyevaning o‘limiga bo‘yinning sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi, shuningdek marhumaning chap ko‘z qovoqlari, o‘ng yelka va o‘ng bilak sohalarida qontalash aniqlangan.

Tekshiruv natijasida X.Qurbanboyevaning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan bir qator tergov harakati o‘tkazish zarurati tug‘ilganligi sababli, mazkur holat yuzasidan 25.11.2021 yilda JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergovda marhuma H.Qurbanboyevaning o‘z joniga qasd qilish sababini aniqlash yuzasidan onasi A.Yusupova va boshqa yaqin qarindoshlari hamda qo‘shnilari guvoh tariqasida so‘roq qilingan.

Shuningdek, marhumaning onasi A.Yusupova birlamchi sud - tibbiy ekspertiza xulosasidan noroziligini bildirganligi sababli, X.Qurbanboyevaning o‘lim sababiga aniqlik qiritish uchun qo‘shimcha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bundan tashqari, tergovda marhuma X.Qurbanboyevaning muqaddam oilasi yoki boshqa shaxslar bilan kelishmovchiligi bo‘lmaganligi, o‘zi yoki oila a’zolari bilan bo‘lgan holatlar muhokama qilinmaganligi va shikoyat qilinmaganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, jinoyat ishi doirasida sud - psixologiya va sud - psixiatriya ekspertizalari tayinlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Hazorasp tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda, tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: 11:56 14.01.2022. O'qildi: 4704 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!