Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in chiqdi

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in chiqdi

Bugun, 14 dekabr kuni soat 03:03 da Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, «Bog‘dor» MFY, E.Gayazov ko‘chasida joylashgan yengil tipdagi konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:50 da o‘rab olingan va soat 05:00 da bartaraf etildi, deyiladi FVV xabarida.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:22. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!