Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda o‘qituvchini urgan ona haqida rasmiy bayonot berildi

Xorazmda o‘qituvchini urgan ona haqida rasmiy bayonot berildi

Joriy yil 15 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchining onasi S.R. va o‘qituvchi G.R. (ayol) o‘rtasida ziddiyat kelib chiqib, urishib ketishgan.

Ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqaro S.R.ga Ma’muriy javobagarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41 (Tuhmat) va 52 (Engil tan jarohati yetkazish) moddalari 2-qismi, G.R.ga nisbatan MJtKning 52-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Mazkur qaror prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, asossiz bo‘lganligi sababli bekor qilingan va 18 noyabr kuni fuqaro S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xozirda jinoyat ishi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga yuborilgan.

Jinoyat ishi tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: 17:42 19.11.2024. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!