Germaniyaning Statista kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy zaxiralari qiymati bo‘yicha eng boy mamlakat — Rossiya. Mamlakatning tabiiy boyliklari 75 trln dollarga baholangan.
Rossiya tabiiy boyliklarining asosini ko‘mir, tabiiy gaz, neft, yog‘och va kamyob unsurlar tashkil etadi.
Top-10talikda keyingi o‘rinlarni AQSH, Saudiya Arabistoni, Kanada, Eron, Xitoy, Braziliya, Avstraliya, Iroq va Venesuela egalladi.