Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya oltita ATACMS raketasidan faqat ikkitasini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi

Rossiya oltita ATACMS raketasidan faqat ikkitasini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi

Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Bryansk viloyatidagi omborga sakkizta ATACMS ballistik raketalari bilan hujum qildi, ulardan faqat ikkitasini to‘xtata oldi.

Bu haqda Pentagondagi muxbir Idris Ali ijtimoiy tarmoqlarda yozgan.

"Amerika rasmiysi Ukraina birinchi marta Rossiyaga chuqur zarba berish uchun ATACMS raketalarini qo‘llaganini tasdiqladi, boshqa bir rasmiy manbaning xabar berishicha, Rossiya ukrainaliklar tomonidan otilgan sakkizta raketadan ikkitasini tutib olishga muvaffaq bo‘lgan", deb ta’kidladi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari Bryansk viloyatiga Amerikada ishlab chiqarilgan ATACMS raketalari bilan hujum qilgani haqida xabar bergan edi. Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, beshta raketa urib tushirilgan, oltinchisi esa shikastlangan.

Kiritildi: Bugun 08:44. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!