Dushanbe IIB xabariga ko‘ra, nurobodlik 33 yoshli erkak Saxalin viloyatida vatandoshlarini shafqatsizlik bilan do‘pposlagan, tan jarohati yetkazgan va o‘ldirishga ham uringan.
U migrantlardan biriga qarata travmatik to‘pponchadan o‘q uzgan, ammo o‘q yaqin atrofdagi odamlarga tegib, ularga jarohat yetkazgan.
Erkak qamoqqa olingan. Tergovchilar boshqa jabrlanganlarni qidirmoqda va ulardan IIBga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.