Rossiya Ukrainaga 1000 kun avval hujum boshlanganidan beri Ukraina qurolli kuchlarining 900 mingdan ortiq a’zosi halok bo‘lgan yoki yaralanganini aytdi.
Mudofaa vazirligi va davlatga qarashli TASS axborot agentligi ma’lumotlarini mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas va na Moskva, na Kiyev o‘z yo‘qotishlarining aniq raqamlarini oshkor qilmaydi.
G‘arbning har ikki tarafdagi qurbonlar soni bo‘yicha hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina qurbonlari Rossiyanikidan ancha past.
Yaqinda The New York Times gazetasi shu paytgacha 57 000 Ukraina askari halok bo‘lganini, bu esa Rossiya qurbonlarining qariyb yarmini tashkil etgani haqida xabar berdi.
NATO Rossiyaning yo‘qotishlarini 600 mingdan ortiq o‘lik va yarador deb hisoblasa, Ukraina hukumati urush boshlangan 2022 yil fevralidan beri 722 mingdan ortiq rus askari halok bo‘lgan yoki yaralanganini aytmoqda.