O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq Sharqiy harbiy okrug hududida rejaviy mashg‘ulotlar amalga oshirilmoqda.
"Shu munosabat bilan fuqarolardan yo‘llarda harbiy texnikalar harakati davomida yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilishingizni so‘raymiz.
Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz", - deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.