Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda uch nafar ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotganlar qo‘lga tushdi

A A A
Xorazmda uch nafar ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotganlar qo‘lga tushdi

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga chek qo‘yildi, deb yozmoqda O‘zA.

Xabarga ko‘ra, Urganch shahrida yashovchi, 1986 yil tug‘ilgan V.S. va uning Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshi, 1979 yil tug‘ilgan S.V.lar xorazmlik 1998 yil tug‘ilgan K.Z., 1998 yil tug‘ilgan J.O. va 2000 yil tug‘ilgan R.X.larning ishonchiga kirib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklarga yuborishni rejalashtirishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida V.S. hamda S.V. qizlarni Urganch shahridan Toshkent shahriga avtomashinada jo‘natayotgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, K.Z., J.O. va R.X.lar o‘zlarining nomiga «Toshkent - Dubay» yo‘nalishi bo‘yicha sotib olingan aviachipta hamda rasmiylashtirilgan viza xarajatlarini Dubay shahrida ishlab, pul topganlaridan so‘ng to‘lab berishlari kerak bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida V.S. BAAdagi jinoiy aloqalari buyurtmasiga ko‘ra, muqaddam bir nechta ayollarni fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun Dubay shahriga yuborganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda V.S. va S.V.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:16 03.06.2021. O'qildi: 2589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!