Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda tug‘ilgan uch egizak — Shavkat, Miromon va Mirziyo 1 yoshga to‘ldi (foto)

A A A
Xorazmda tug‘ilgan uch egizak — Shavkat, Miromon va Mirziyo 1 yoshga to‘ldi (foto)

Xorazm viloyati Gurlan tumani istiqomat qiluvchi Mansur Matjonov va Oysha Matjonovalar oilasida 2017 yil 22 noyabr kuni tug‘ilgan uch egizak — Shavkat, Miromon va Mirziyo bir yoshga to‘ldi. Egizaklar 22 noyabr kuni oila davrasida ilk tug‘ilgan kunini nishonladi. Bu haqda bolalarning otasi «Daryo»ga ma’lum qildi.

Mansur Matjonovning aytishicha, u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga havas qilib, uning sharafiga egizaklariga shunday ism berishga qaror qilgan

Bolalar dunyoga kelgan vaqtda oilaga Prezident sovg‘asi yetkazilgan.

«Uchalasining ham fe’l-atvori bir xil. Biri kasal bo‘lsa, ikkinchisi, uchunchisi ham kasal bo‘ladi. Bittasi yig‘lasa, uchalasi yig‘laydi. Birinchi farzandim ham o‘g‘il, hozir u 4 yoshda. Bitta bo‘lgani uchun unga faqat onasi qarardi. Lekin uch egizakka qarashning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor ekan. Kechasi bittasi uyg‘onsa, borib boshqasini uyg‘otadi, keyin o‘ynab o‘tirishadi. Kechqurun uyquga to‘ymay qolamiz, ammo bolalar shunday shirinki charchaganizni ham esingizdan chiqarib yuborasiz», — deydi bolalarning otasi.

Bolalar hozir «dada», «ota» deyishni biladi. Boshqa so‘zlarni endi o‘rganyapti. Shavkat va Miromon emaklab harakatlanadi, Mirziyo esa oyoqda turishni o‘rganib olgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 19:44 24.11.2018. O'qildi: 5135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!