Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda tadbirkordan 20 000 AQSh dollar pora talab qilgan mas’ul ushlandi

Xorazmda tadbirkordan 20 000 AQSh dollar pora talab qilgan mas’ul ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Tuproqqal’a tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i M.R. “D.” MCHJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bosh prokuraturaning yozishicha, mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:25 20.08.2020. O'qildi: 2855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!