Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorazmda "samosud": ayollar boshqa bir ayolning kiyimlarini yirtib, do‘pposlashdi

Xorazmda "samosud": ayollar boshqa bir ayolning kiyimlarini yirtib, do‘pposlashdi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bezorilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida, D.Karomat, D.Olma, D.Ra’no va R.Nargizalar bir guruh bo‘lib, 2020 yil 9 iyun kuni soat 22:40da, jamoat joyi hisoblangan Qo‘shko‘pir tumani “Oqdarband” qishlog‘i hududida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan O.Hamidani D.Karomatning o‘g‘lining oilasini buzganlikda, uch nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab janjallashib, uni urib do‘pposlab, jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq xurmatsizlik qilayotganligini anglaganliklari holda H.Otaniyozovani kiyimlarini yirtib, qo‘llarida bo‘lgan tayoq bilan tanasining turli joylariga urib, qaychi bilan sochlarini kesib tashlab, qasddan bezorilik jinoyatini sodir qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilib, tegishli tartibda ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudining hukmiga ko‘ra, D.Karomat, D.Olma, R.Nargizalarga 1 (bir) yil 6 (olti) oy va D.Ra’noga 1 (bir)  yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, jabrlanuvchi O.Hamidaning ularga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi inobatga olingan.

Kiritildi: 12:26 21.04.2021. O'qildi: 5937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!