Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda qo‘shmachi erkaklarga sud hukmi o‘qildi

Xorazmda qo‘shmachi erkaklarga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi raisi O‘.Masharifov tomonidan Xiva shahar, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida qo‘shmachilik jinoyatini sodir etgan B.O (ismi o‘zgartirilgan) va J.Nga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda  Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi "Aniq.uz"ga xabar berdi.

Sud majlisida B.O va J.N ayblariga to‘liq iqrorlik bildirib, 2019 yil 20 aprel kuni soat 1330 da g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda J.Nning xonadonida fuqaro K.N (ayol) va D.Aning jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berib, 30.000 so‘m pul evaziga qo‘shmachilik qilgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlanganligini ta’kidladi.

Sud sudlanuvchi B.O va J.Nlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Kiritildi: 12:02 20.06.2019. O'qildi: 1631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!