Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida profilaktika inspektori pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro tanishi bilan o‘zaro kelib chiqqan nizoli masala yuzasidan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, hamkorlikda ochilgan xususiy korxonaga aloqador hujjatlardagi imzolar sherigi tomonidan soxtalashtirilgan, daromadlar esa o‘zlashtirib kelinayotgani bildirilib, masala huquqiy tartibda ko‘rib chiqilishi so‘ralgan.

Shu jarayonda mazkur hudud uchun mas’ul profilaktika inspektori tanishlari orqali ekspertiza natijalarini fuqaro foydasiga chiqarib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 1 000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan. Tezkor tadbir davomida inspektor Xiva shahrida pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «v» bandi va 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda xodimga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 13:11 07.11.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!