Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda nega 1500 ga yaqin odam katta ko‘prikni ikki soatga ëpib qo‘yib, hokimlikka qarshi chiqishdi

Xorazmda nega 1500 ga yaqin odam katta ko‘prikni ikki soatga ëpib qo‘yib, hokimlikka qarshi chiqishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 26 iyul kuni kechki mahal Xorazm viloyati Urganch shahrida kompensasiya berilmasdan uyi buzilgan aholi hokimlikka qarshi chiqishgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, norozilik bildirib 1500 ga yaqin odam chiqqan. Ular Urganch shahrining Xonqa tumaniga chegaradosh joydagi Urganch—Xonqa magistralida joylashgan katta ko‘prikni ikki soatga ëpib qo‘yishgan.

Urganch shahar hokimi aholiga kompensasiya berilishini ma’lum qilgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyatni hukumat vakillari nazoratga olishgan.

«Urganch shahridagi Ashxobod ko‘chasidagi uylarning buzilishi oqibatida ko‘chada qolgan aholi kecha «Urganch—Honqa» yo‘lini to‘sish orqali o‘z ahvoliga e’tibor qaratishga majbur bo‘lgan edi. O‘zlariga vaqtincha yashash uchun uy o‘rniga berilgan palatkalarni tinchlik norizolik namoyishchilari buzib tashlashdi», deb yozmoqda Feysbukdagi sahifasida jurnalist Davlat Nazar.

So‘nggi kunlarda respublikaning turli burchaklarida qurilish va buzilishlar bilan bog‘liq noxush hodisalar sodir bo‘lmoqda.

Bir guruh deputatlar ushbu holatlar yuzasidan izoh so‘rab, hukumatga murojaat ham qilishdi.

Kiritildi: 13:43 27.07.2019. O'qildi: 6198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!