Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda mutasaddi tadbirkordan "antiqa" pora talab qildi

Xorazmda mutasaddi tadbirkordan "antiqa" pora talab qildi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan U.B. tadbirkordan pora talab qildi.

U.B. bir vaqtning o‘zida doimiy ishlovchi komissiya a’zosi bo‘lib ham faoliyat yuritgan. Boshqarma Urganchdagi ayrim ko‘chalarda suv quvurlarini ta’imrlashni rejalashtirgan va shu sababdan ularni amalga oshiruvchi korxonalar o‘rtasida tender o‘tkazgan. Uning natijasiga ko‘ra U.X. yutib chiqqan va komissiya a’zolari tender natijasiga ko‘ra tuzilgan bayonnomaga imzo chekkan. U.X. esa uni rasmiylashtirib berish uchun tadbirkordan o‘zining "Lasetti"si uchun 4ta amartizator va 4ta shina talab qilgan.

Tadbirkor u bilan tortishavergach 2,5 mln so‘m bera olishini aytgan, U.X. esa 3 mln berasan deb turib olgan. Ohiri ishni "pishitayotgan" vaqtda U.X. huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.

Kiritildi: 11:05 06.12.2019. O'qildi: 4495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!