Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda mashhur bo‘lgan “Kapkirchi folbin” avval odamlarning mol-mulkini o‘g‘irlab, keyin fol orqali ularni topib bergani aniqlandi

Xorazmda mashhur bo‘lgan “Kapkirchi folbin” avval odamlarning mol-mulkini o‘g‘irlab, keyin fol orqali ularni topib bergani aniqlandi

Bozorboy akaning to‘yga boqayotgan ho‘kizi g‘oyib bo‘ldi. Kun bo‘yi qishloqma-qishloq sarson bo‘lgan Bozorboy aka ho‘kizini topolmadi. Shunda og‘aynilaridan biri qo‘shni tumandagi Bog‘ishamol qishlog‘ida istiqomat qiluvchi “kapkirchi” folbinga uchrashishni maslahat berdi. Bozorboy aka darhol taksiga o‘tirib, uning uyiga keldi.

B.X tomonidan taklif qilingan pulni ko‘rib, fol ochishga rozi bo‘lgan fuqaro D.B. fuqaro B.X.ning ho‘kizi yo‘qolgani va uning hozircha so‘yilmaganini aytib, ertaga kelsa ho‘kizini qayerdan topshini mumkiligini aniq aytishini bildirgan.

U shunday deya kapkirni yonayotgan gaz plita ustiga qo‘yib, bir necha daqiqa qizdiradi va cho‘g‘ bo‘lib qizigan kapkirni tiliga bosib, nimalardir deya pichirladi. Xullas, ushbu harakatlar orqali fol ochgan D.B. Bog‘ishamolga borib ho‘kizini o‘sha yerdan topishi mumkinligini aniq aytib bergan.

Aynan mana shu harakati bilan xorazmda dong‘i ketgan “Kapkir folbin”ning mijozlari oshib ketdi.

B.X. rostdan ham ho‘kizini folbin aytgan joydan topdi.

Ko‘p o‘tmay fuqarolar Q.B, U.N, SH. G., B.M, S.S. ham folbin huzuriga borishadi va ularning ayrimlarining ishi bitib, ayrimlari bor-budidan ayrilishdi.

Folbindan umidini uzgan B.M, S.S. va Q.B. Ichki ishlar bo‘limiga borib, voqeani bir boshdan bayon qilib berishdi. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida kalavaning uchi topilganday bo‘ldi.

Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan “Kapkirchi folbin” bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng barchasi ayon bo‘ldi. Sodda kishilarning mol-mulkini o‘g‘irlab, suyunchi evaziga “topib” berayotgan bu  folbinning o‘zi o‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bu haqda Xudoybergan Jabborov (“Postda” gazetasi muxbiri) ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:18 02.07.2019. O'qildi: 5721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!