Tegishli kelishuv O‘zbekistonning “Allied Biofuels FE LLC” kompaniyasi va Hindistonning “Praj Industries Ltd” kompaniyasi o‘rtasida imzolandi.
Loyihaga ko‘ra, Hindiston kompaniyasi kuniga 890 tonna etanol ishlab chiqarish imkonini beradigan zamonaviy qayta ishlash texnologiyasini taqdim etadi.
Ishlab chiqarilgan etanol esa "Allied Biofuels FE LLC" kompaniyasining yoqilg‘i majmuasi uchun asosiy xomashyo bo‘ladi.
Bu yerda yiliga 160 ming tonnadan ortiq aviasiya yoqilg‘isi (SAF) va 5 ming tonnadan ziyod “yashil” dizel ishlab chiqarish rejalashtirilgan.