Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda jinoyatchi ichki ishlar xodimini bir umrlik nogironga aylantirdi

Xorazmda jinoyatchi ichki ishlar xodimini bir umrlik nogironga aylantirdi

Xorazmda xizmat vazifasini bajarayotgan Ichki ishlar xodimiga miltiqdan o‘q uzildi. Xodim tirik qolgan bo‘lsa-da u bir umrga nogironga aylandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov “Yuksalish” umummilliy harakatida o‘tgan jamoatchilik muloqotida ma’lum qildi, deb yozadi "qalampir".

G‘iyosov Ichki ishlar organlari xodimlarining og‘ir mehnati haqida gapirarkan, shunday deydi: 

“Oxirgi vaqtlarda ichki ishlar organlari faoliyatiga faqat bir tomonlama baho berib, biron bir xatosini ko‘rib qolsak, yomonlashga o‘rganib qolganmiz.

U doim risk bilan bog‘liqligini esdan chiqarmaslik zarur. Shu narsaga e’tibor qilinmaydi. Ko‘chada bemalol yurish, farzandi ko‘chaga chiqqanida xavotir olmaslik va ko‘zga ko‘rinmaydigan boshqa qulayliklar o‘zidan o‘zi paydo bo‘lib qolgandek ko‘rinadi”, deydi G‘iyosov xodimlarga advokatlik qilarkan.

Uning ta’kidlashicha, joriy yilning may oyida Xorazm viloyatida narkotik moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlanganda, uning ukasi uyidan miltiq olib chiqib, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimiga o‘q uzgan. Natijada xodim jarohatlangan va bir umrga nogironga aylangan. 

Shuningdek, joriy yilning 2 mart kuni Namangan viloyati Pop tumanida jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili qidiruvdagi shaxsni qo‘lga oladi. Ushbu shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirish bilan tahdid qiladi va qo‘lbola to‘pponchani boshiga tiraydi. Ayni vaqtda ichki ishlar xodimi bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni to‘xtatishga urinadi. Qidiruvdagi shaxs esa bu vaqtda xodimga qarata ikki marta o‘q uzadi. 

“Bunday holatlarni xech kim e’tiborga olmaydi. Bu ularning vazifasi, qasamyod qabul qilgan”, deydi Shohruh G‘iyosov.

Kiritildi: 15:51 25.06.2020. O'qildi: 3959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!