Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Xorazmda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalasiga chek qo‘yildi

Xorazmda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalasiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.R. “QARATAW” yozuvli 0.45 litr sig‘imli 2 400 shisha alkogol mahsulotini hech qanday hujjatsiz qonunga xilof ravishda fuqaroga 34 mln so‘mga hisoblab, jami 3 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, ekspertiza xulosasida, ushbu alkogol mahsuloti iste’molga yaroqsizligi, davlat standarti hamda iste’molchilar hayoti va sog‘ligi talablariga javob bermasligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:25 19.02.2021. O'qildi: 1639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!