Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xorazmda internet trafik o‘g‘risi qo‘lga tushdi

A A A
Xorazmda internet trafik o‘g‘risi qo‘lga tushdi

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida bir necha yillar davomida internet trafik o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

Fuqarolar tomonidan internet trafiklarining to‘satdan yo‘qolib qolayotgani to‘g‘risida shikoyat tushganidan so‘ng, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar tomonidan olib borilgan tekshiruv-surishtiruv ishlari jarayonida Urganch shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.D. kirdikorlari fosh etildi.

Aniqlanishicha, axborot va kompyuter texnologiyasi «ustamoni» 2012 yilning dekabr oyidan 2018 yilning iyun oyigacha bo‘lgan davr oralig‘ida 58 nafar fuqaroning modem va uyali telefonlari maxfiy parollarini buzib, qariyb 13,5 million so‘mlik internet trafikini o‘g‘irlab kelgan.

Bu holat yuzasidan I.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 19:18 27.09.2018. O'qildi: 1435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik