Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda ikki ishchi quduqda gazdan zaharlanib, vafot etdi

Xorazmda ikki ishchi quduqda gazdan zaharlanib, vafot etdi

“Xorazm suv ta’minoti” MCHJ Urganch tuman bo‘limiga qarashli oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda MCHJ axborot xizmati xabar qildi.

Voqea 26 iyun kuni taxminan soat 19:56 larda Urganch tumani “Oltin ko‘l” MFY hududida joylashgan 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida (KNS) sodir bo‘lgan. 2 nafar ishchi oqova suvlarni haydash stansiyasidagi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushgan.

Xabarda qayd etilishicha, ishchilar texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilishmagan. Natijada, taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.

Kiritildi: 17:46 27.06.2021. O'qildi: 2349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!