Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda firibgar hamshira qo‘lga olindi

Xorazmda firibgar hamshira qo‘lga olindi

Xorazm viloyatining Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Z.YU., fuqaro S.S.ni birlashmaga ishga kirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 1200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan hamshira Z.YU.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:33 29.01.2020. O'qildi: 2702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!