Bugun, 24 aprel kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari Central Asia 2019 XIII xalqaro konferensiyasi boshlandi. Unda 10 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferensiyadan olingan fotosuratlarni e’tiboringizga havola etamiz.











