Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda 4 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Xorazmda 4 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 12 may kuni soat 19:00 larda Xorazm viloyati, Yangibozor  tumani, Qalando‘rman qishlog‘i hududidan o‘tgan ichki 4K-928 avtomobil yo‘lining 3-km.da, haydovchi 1998 y.t. A.S. “Matiz” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshkarayotib, yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 2008 y.t. Z.O‘. ushlab ketayotgan qo‘lidan chiqib ketib, yo‘lga yugurib chiqishi oqibatida piyoda 2016 y.t. M.J.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda voyaga yetmagan 4 yoshli M.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Hurmatli haydovchilar aholi yashash joylarida transport vositasi tezligini me’yoridan oshirmasligingizni, piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishingizni, piyodalar esa belgilanmagan joylarda harakatlanmasligingizni so‘rab qolamiz" deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Kiritildi: 10:16 13.05.2020. O'qildi: 3219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!